Bobo Uzshanson - Men o'lsam dadamni qabriga qo'ying
- Слушали: 71
- Качество: 320 kbps
- Длительность: 3:41
- Размер: 8.45 Mb
- Дата релиза: 10.08.2026
Слушать онлайн
Скачать MP3 (320 kbps)
Текст песни
Men o'lsam Dadamning qabriga qo'ying
Dadamni sog'indim quchoqlab yotay
Dunyoda to'ymadim diydorlariga
U dunyo qo'lidan mahkamroq tutay
Gar o'lsam kafanmas ko'ylak kiydiring
Dadamning yoniga boray yasanib
Ortimdan yig'lamang ruhim qiynamang
Yosin ni ko'p o'qing toza to'sanib
O'lganim bildirmang onamga aslo
Meni uzoqlarga ketdi deb ayting
Qizimni o'ksitmang u juda dono
O'g'limni erkalab hofiz deb ayting
Qizimni o'ksitmang u juda dono
O'g'limni erkalab hofiz deb ayting
Ortimdan Qur'onni o'zingiz takror va takror
Gunohlarim bo'lsa duv duv to'kilsin
Bilaman duogo'y jigarlarim bor
Duodan g'amlarim choki so'kilsin
O'g'limga qizimga bo'ling mehribon
Dadamni yonida yotay shodlanib
Bag'rimni tig'lamang ruhim qiynamang
Qabrimda tinch yotay nurlarga to'lib
Visol qiyomatga qoldi ehtimol
Jannatda yor bo'lsin bizlarga diydor
Uninglar o'singlar topinglar kamol
Yaratgan sizlarga doim bo'lsin yor
Dadajonim sog'indim sizni juda
Nahot ko'zlaringiz mangu uyquda
Dadajonim sog'indim sizni juda
Nahot ko'zlaringiz mangu uyquda
Sizsiz shodlik-quvonchlarim behuda
Ruhingiz bo'lsin doim tinch va osuda
Sizsiz shodlik-quvonchlarim behuda
Ruhingiz bo'lsin doim tinch va osuda
Категория → Новые песни 2026
Похожие треки
Рекомендуем к прослушиванию