Melody Mesh - O'rgatma menga

  • Слушали: 831
  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 4:28
  • Размер: 10.21 Mb
  • Дата релиза: 15.08.2026
Слушать онлайн
Скачать MP3 (320 kbps)
Текст песни
O'z aravamni men o'zim tortaman
Botsa g'ildiragi o'zim suraman
Hech kimdan so'ramay yo'lda yuraman
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Ha, ko'p adashganman inkor etmayman
Yillar yo'qotibman hech yashirmayman
Lekin xolis edim ikki yuz emasman
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Izladim izladim haqni izladim
To'g'ri yashay, dedim shuni tiladim
Boshga balo kelsa chidab yashadim
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Maslahat beruvchi ko'p bo'lar ekan
Yukni ko'targani yo'q bo'lar ekan
O'zi yurmagan yo'l o'rgatar ekan
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Bugun topdim uni izlaganimni
Egam yo'l ko'rsatdi ochdi ko'zimni
O'tmishim o'tdi-ku unut o'tganni
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Yurgan bo'lsang yo'lni aytgin, tinglayman
Mehring bilan aytsang boshim egaman
Ammo minnat bilan kelsang kutmayman
O'rgatmagin menga qanday yashashni
Категория → Новые песни 2026