Doxxim - Paxta Ishi

  • Слушали: 86
  • Качество: 192 kbps
  • Длительность: 3:59
  • Размер: 5.48 Mb
  • Дата релиза: 19.10.2026
Слушать онлайн
Скачать MP3 (192 kbps)
Текст песни
1983-yil, SSSR davlatidagi oxirgi qatag'on ham o'zbeklar boshiga tushdi.
Tarixda bu qatag'on "O'zbek ishi" yoki "Paxta ishi" nomi bilan qoldi.
5 yil davom etgan bu qama-qamada kimlardir tergov izolyatorlarida jon berdi, kimlardir o'zini o'zi o'ldirdi, yana kimlardir qamaldi.
5 yil davomida 40 000 o'zbeklar, zero yuqori mansabdagi amaldorlarning ko'plari jinoiy javobgarlikka tortildi.
Tergov ishlarining boshida esa Telman Gitlen va Nikolay Ivanov turardi.
Nuradim dalalarda meni qaritdi paxta.
Sug'orib g'ozalarni o'zim chanqab qon olmadim.
Boshimni oftob urdi, tovonlarim bo'ldi saxta.
Sen bazmlar qurgan mahal, men bir bora dam olmadim.
Qonimni ichib kelding, butun umrim davomi.
Ta'zim qilib keldim senga, nazaringga olmading.
O'zbekni talab kelding, qamab kelding, haromi.
Men ochlikdan o'lmadim, sen yorilib o'lmading.
Oxirgi luqmamni ham senga berdim, och-ofat.
Dalalarda tunab qoldim, ishladim tinim bilmay.
Umrimni senga berdim, yashadim qilib toqat.
Sen bo'ralib so'kting, urding boshim egdim indamay.
Ayollar o'zlariga o't qo'yib yuborishdi.
Isyon edi bu zulmkor, vahshiy tuzumga qarshi.
Go'daklar ozib-to'zib, kasallanib o'lishdi.
Seni qorning to'q edi, senda hammasi yaxshi.
Dalalarini yashnatib o'zbek, o'zi nura bado bo'lardi.
G'ozasini asrabon ko'zdek, o'zi xasta bo'lib o'lardi.
Dalalarini yashnatib o'zbek, o'zi nura bado bo'lardi.
G'ozasini asrabon ko'zdek, o'zi xasta bo'lib o'lardi.
Moskva tomonidan Sharof Rashidov zimmasiga 6 million tonna paxta plani bajarish topshirilgan edi.
Ammo yerning unumdorligi, suv muammosi va albatta ishchi kuchi yetishmasligini hisobga olsa, bu bajarish imkonsiz bo'lgan ish edi.
Natijada qo'shib yozish degan ishlar ham ilojsizlikdan qilinadi.
Moskvada o'tirgan kattakonlarning o'zlari pori evaziga plan bajarilishini shama qilishadi.
Albatta, o'sha paytlar qo'shib yozish siyosati SSSRning barcha mamlakatlarida urchib ketgan edi.
Ammo Andropovning Rashidovga bo'lgan shaxsiy adovati faqat o'zbeklarnigina jinoyatda ayblashi uchun yetarli bo'ldi.
Mozorlarimga paxta ektirding, sen kasofat.
Oxiri qamoqlarda o'pkamni zaxlar yedi.
Butun umrim mehnat bilan o'tdi, ko'rmadim rohat.
Категория → Новые песни 2026