Sultonov Nazirjon - Haromilar 2 (Odamman deydi odamlikdan nishona yoq)

  • Слушали: 131
  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 6:31
  • Размер: 14.93 Mb
  • Дата релиза: 26.10.2026
Слушать онлайн
Скачать MP3 (320 kbps)
Текст песни
O'zganing dardidan ham og'riq o'tdirar
ko'z yoshini ko'rib kamerani qaratar
Marhumning hurmatini yo'q ostiqilar
O'likdan ham foyda izlar haromlar
Birovning kulfati ularga tomosha
Qayg'uni aylantir, ko'rishlar bahona
Qani insof, qani vijdon, qani hayo
O'likdan ham foyda izlar haromlar.
Yig'iga kelgandek ko'zini artadi
kamera yoqilishi bilan suratga tushadi
Marhumning oilasi dard bilan yonar
bular esa ko'rishlar sonini sanar
Telefon qo'lida, ko'zlari ekranda.
Marhumning hurmati qolmadi hayolda.
Qarindosh yig'laydi, yuragi pora.
Bular esa tasvir tarqatar yana.
Bir kun sen ham yotarsan sovuq tuproqda.
Kimdir surat olmasin sening dardingdan.
Bugun birov haqqing poymol qilganlar
ertaga o'zlari ham hisob berar
Bular bari gunoh, asli bilmaysanmi
Navbat kelar bir kun, senga o'lmaysanmi
Bandani qo'y olmoqdan ham qo'rqmaysanmi
O'likdan ham foyda izlar haromlar.
Do'stman deb yuradi, do'stlikdan asar yo'q
Mehr haqida gapirar, yuragida mehr yo'q
Marhumning dardidan manfaat qidirar
odamlik nomiga dog' bo'lib yashar
Qabriston muqaddas bu joy emas, sahna.
Qo'lini aylantirma, ko'rishlar uchun bahona.
Bir kun sen ham ketarsan, qolmas hech narsa.
Yaxshi nom qoldirgin, shu emasmi maqsad?
Kimdir duo qilar, kimdir surat olar.
Kimdir marhum uchun chin yurakdan yig'lar.
Kimdir esa yashirin foydasin ko'zlar.
Insonning asl yuzi shunday kun ochilar.
Mol dunyo qoladi, mansab ham ketar.
Qilgan yaxshiliging ortingdan yetar.
Birovning ko'z yoshini kontent qilganlar, vijdon oldida bir kun jim qolganlar.
Bular bari gunoh, asli bilmaysanmi?
Navbat kelar bir kun, senga o'lmaysanmi?
Bandani qo'y allohdan ham qo'rqmaysanmi?
O'likdan ham foyda izlar haromlar.
Bular bari gunoh, asli bilmaysanmi?
O'zgalarning dardini o'yin bilmaysanmi?
Bugun birov yig'lar, ertagada sen ham.
O'likdan ham foyda izlar haromlar.
Ey inson, bir to'xta, o'yla bir nafas.
Birovning dardidan topilmas havas.
Ko'rishlar ko'payar, vijdon kamayib.
Qanday qilib yashaysan, o'zingni aldayib?
Marhumning ortidan duo qil bas.
Uning oilasiga og'ir so'z aytma.
Agar yordam berolmasang, jim o'tgin.
Birovning qayg'usini foydaga aylantirma.
Bir kun hamma ketar, qoladi amal.
Yolg'onning ortidan keladi zavol.
Bugun o'zganing dardini tomosha qilgan, ertaga o'z dardini kimga aytar hayron?
Категория → Новые песни 2026